1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eron ilk bor Isroilga “Sejjil” ballistik raketasini uchirdi

Hujum “Haqiqiy va’da 3” nomli operatsiya doirasida amalga oshirilgan.

Eron ilk bor Isroilga “Sejjil” ballistik raketasini uchirdi

Eron ilk bor og‘ir toifadagi, uzoq masofali “Sejjil” ballistik raketasini Isroil hududiga qarata uchirdi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bayonotiga tayanib xabar berdi.

 

Hujum “Haqiqiy va’da 3” nomli operatsiya doirasida amalga oshgan bo‘lib, bu Isroilga qaratilgan 12-to‘lqin hujum hisoblanadi. IIQK rasmiylariga ko‘ra, hujumdan oldin Eron aholiga “bosib olingan hududlarni tark etish” bo‘yicha ogohlantirish bergan.

 

IIQK bayonotidan:


“Endilikda bosib olingan hududlar osmoni Eron raketalari va dronlari uchun ochiq. Zarbalar aniq, kuchli va davomli bo‘ladi. Yer osti boshpanalarida yashirinish ham yordam bermaydi.”

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda “Sejjil” raketasining uchirilishi aks etgan bo‘lib, u havoda o‘zidan yorqin, g‘ayrioddiy iz qoldirgani kuzatilgan.

 

Isroil 13 iyun kuni Eronning yadroviy inshootlariga qarshi keng ko‘lamli havo hujumlarini boshlaganini e’lon qilgan. Operatsiya Tehronning yadroviy salohiyatini butunlay yo‘q qilishga qaratilgan.

 

Eron mazkur hujumlarga javoban Isroil shaharlari va harbiy obyektlariga qarshi raketa va dron zarbalarini boshlab yubordi.

 

Ma’lumot uchun, “Sejjil” — Eron tomonidan ishlab chiqilgan, ikki bosqichli, qattiq yoqilg‘ili ballistik raketa bo‘lib, u 2000 km dan ortiq masofani bosib o‘ta oladi. Bu raketa ilk bor real jangovar sharoitda qo‘llanildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика