1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eron Iroqqa gaz yetkazib berishni to‘liq to‘xtatdi

Gaz ta’minotidagi uzilish Iroqda minglab megavatt elektr quvvatining yo‘qolishiga sabab bo‘ldi.

Eron Iroqqa gaz yetkazib berishni to‘liq to‘xtatdi

 

 

Eron Iroqdagi elektr stansiyalariga gaz yetkazib berishni butunlay to‘xtatdi. Bu haqda Iroq Elektr energiyasi vazirligi vakili Ahmad Musa INA axborot agentligiga bergan bayonotida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron tomoni kutilmagan holatlar sababli gaz ta’minoti to‘liq to‘xtatilgani haqida Iroq Elektr energiyasi vazirligiga rasmiy telegramma yuborgan. Natijada mamlakat energetika tizimida 4000–4500 megavatt elektr quvvati yo‘qolgan.

Mazkur uzilish Iroq energetika tizimiga jiddiy bosim o‘tkazmoqda. Ayniqsa, yoz oylarida elektr energiyasiga bo‘lgan talab keskin oshishini inobatga olganda, vaziyat yanada murakkablashishi mumkinligi qayd etilmoqda.

Ahmad Musaning ta’kidlashicha, vazirlik hozirda faoliyatini davom ettirayotgan elektr stansiyalarini uzluksiz ishlatish uchun mahalliy muqobil yoqilg‘ilardan foydalanishga o‘tgan. Shu bilan birga, elektr ta’minotida barqarorlikni saqlab qolish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика