Isroil yaqin 24-48 soat ichida Eronning hujumini qaytarishga tayyorlanmoqda. Bu haqda OAV xabar berdi.
Hujum mamlakat janubida yoki shimolida amalga oshirilishi mumkin Ammo operatsiya rejasi muhokama qilinayotgani uchun hali yakuniy qarorga kelinmagan.
Baʼzi nashrlar Eron raketalar va dronlardan foydalangan holda keng miqyosli havo hujumini rejalashtirayotganini yozmoqda.
Ayni paytda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Xitoy, Turkiya va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlaridan vaziyatni keskinlashtirmaslik uchun Eronga bosim o‘tkazishni so‘ragan.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni o‘z yashash joyini tark etmaslikka chaqirdi.
“O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mintaqadagi vaziyat tufayli Isroil hududida bo‘lib turgan fuqarolardan ehtiyotkorlik va xavfsizlik chora-tadbirlarini ko‘rish hamda doimiy ravishda hushyorlik zarurligini eslatadi”, deyiladi xabarda.


