1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eron Rossiya bilan strategik sheriklik bitimini tuzdi

Mazkur bitim xavfsizlik va mudofaa kabi sohalardagi hamkorlikni ko‘zda tutadi.

Eron Rossiya bilan strategik sheriklik bitimini tuzdi

Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir G‘olibaf Rossiya Federatsiyasi bilan keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ma’qulladi. U hujjatni mamlakat prezidenti Mas’ud Pezeshkianga yubordi.

 

Mazkur bitim xavfsizlik, mudofaa va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashni ko‘zda tutadi. Shuningdek, tomonlar o‘zaro manfaatli munosabatlarni chuqurlashtirish va kengaytirish niyatida ekani ta’kidlangan.

 

Bitimda Eron va Rossiyaning mintaqaviy hamda global darajadagi faoliyatini strategik tamoyillar asosida muvofiqlashtirish rejalashtirilgan. U uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

 

Eslatib o‘tamiz, 17-yanvar kuni Moskvada o‘tgan muzokaralarda Vladimir Putin va Mas’ud Pezeshkian bitimni imzolagan edi. 21-aprel kuni esa Rossiya prezidenti uni ratifikatsiya qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика