1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eron Rossiyaga dronlar yetkazib berganini tan oldi

Mamlakat TIV rahbari bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Eron Rossiyaga dronlar yetkazib berganini tan oldi

 

Eron Rossiyaga Ukraina mojarosidan bir necha oy oldin dronlar bergan. Bu haqda mamlakat TIV maʼlum qildi.

 

“Eron Rossiyaga uchuvchisiz uchoqlar yetkazib bergan, ammo uning soni ko‘p emas va bu Ukrainadagi mojarodan bir necha oy avval amalga oshirilgan”, – degan tashqi ishlar vaziri Amir Abdulahiyan.

 

So‘nggi vaqtlarda Moskva Ukrainada Eron dronlaridan keng foydalanayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. O‘z navbatida RF buni bir necha marta inkor qildi. Bungacha Eron TIV ham ushbu xabarlarni “feyk” deb atagandi. G‘arb tahlilchilari rus armiyasi “Shahed 136” dronidan foydalanayotganini, u “Geran-2” deb nomlanganini taʼkidlab keladi.

 

Avvalroq Eron Rossiyaga ballistik raketalar jo‘natishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика