1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Eron Rossiyaga yuqori aniqlikdagi qurollarni yetkazib beradi

U o‘z isiga nimalarni olishi ochiqlandi.

Eron Rossiyaga yuqori aniqlikdagi qurollarni yetkazib beradi

 

 

Eron Rossiyaga mingta qo‘shimcha qurol jo‘natishga tayyorlanmoqda. U o‘z ichiga “yer-yer” tipidagi qisqa masofaga uchadigan ballistik raketalar va zarbdor dronlarni oladi.

 

CNN telekanali maʼlumotlariga ko‘ra, bu Tehronning Moskvaga yuqori aniqlikdagi qurol berishining birinchi holati bo‘ladi. Telekanal bilan suhbatlashgan amaldorlar Eron so‘nggi bor RFga 450 ta dron taqdim etganini aytgan.

 

Hozircha bu qurollarni yetkazib berishning aniq muddati maʼlum emas, ammo yil oxiriga qadar amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

 

Sentyabrda Ukraina Eronni Moskvaga qurol yetkazib berishda ayblagan va uning elchisi akkreditatsiyasini bekor qilgandi. 18-oktabr Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Vladimir Zelenskiyga Tehron bilan diplomatik aloqalarni uzishni taklif qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика