1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Eron Rossiyaning sherigi"

Kiyev Tehronning jazolanishi tarafdori.

"Eron Rossiyaning sherigi"

 

Rossiya armiyasi Eron dronlaridan foydalanayotgani to‘g‘risidagi axborotdan so‘ng Ukraina uni Rossiya bilan sheriklikda aybladi.

 

Kiyev Tehronga qatʼiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qilib, qurol yetkazib berishni to‘xtatishni talab qildi.

 

Bundan tashqari, Ukraina TIV Dmitriy Kuleba Yevropa ittifoqi TIVlariga murojaat qildi va Eronga sanksiya kiritishni so‘radi.

 

Shuningdek, Eron yaqin kunlarda Rossiyaga ballistik raketa yuborishi to‘g‘risida xabar tarqalgan.

 

YEI va AQSH rasmiylari Eronga qarshi sanksiya eʼlon qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

 

Avvalroq YEI Maxsa Amina o‘limiga aloqador 11 amaldor va 4 ta tashkilotga qarshi sanksiya eʼlon qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика