Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida Eronni tashkilotga to‘laqonli aʼzolik qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda sammit yakunida qabul qilingan Nyu-Dehli deklaratsiyasida aytilgan.
"Aʼzo davlatlar Eron Islom Respublikasining SHHTga to‘laqonli aʼzo davlat sifatida qabul qilinishining tarixiy ahamiyatini taʼkidladilar", — deyiladi deklaratsiyada.
Eron SHHTga aʼzo davlat maqomini olish bo‘yicha majburiyat memorandumini tashkilotning 2022 yil sentyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitida imzolagan edi.
Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kanoniy Eronning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga to‘laqonli aʼzo sifatida qabul qilinishi barcha manfaatdor tomonlar manfaatlariga mos kelishini taʼkidladi.


