1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Eron uranni boyitishni to‘xtatmaydi: Tehron AQSH talabini rad etdi

Tomonlar keskinlikni kamaytirish maqsadida muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Eron uranni boyitishni to‘xtatmaydi: Tehron AQSH talabini rad etdi

 

 


Eron AQSH bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi muzokaralarda yadroviy yoqilg‘ini boyitishni to‘xtatmaslik pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi. Bu haqda The Wall Street nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv davomida Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Amerika tomoniga mamlakat uranni boyitish jarayonini to‘xtatmasligini va mavjud yadroviy infratuzilmani boshqa hududga ko‘chirmasligini aniq bildirgan. Shu orqali Tehron Vashington ilgari surgan asosiy talablarni qabul qilmasligini ma’lum qilgan.

 

Shu bilan birga, har ikki tomon vaziyatni keskinlashtirmaslik va harbiy xavfni kamaytirish maqsadida diplomatik aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanini bildirgan. Eron rasmiylari uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishga rozi emasligini, biroq boyitish darajasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyati mavjudligini qayd etgan.

 

Maskat shahrida o‘tayotgan muzokaralar hali yakuniga yetmagan bo‘lib, tomonlar kelgusi kunlarda ham muloqotni davom ettirishi kutilmoqda. Avvalroq Ummon poytaxtida Eron va AQSH o‘rtasida yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarning dastlabki bosqichi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика