1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Eronda 6 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Ular Isroil tomonidan uyushtirilgan hujumlarga aloqadorlikda ayblangan.

Eronda 6 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Eronning janubi-g‘arbidagi Xuziston viloyatida terrorizm, separatizm va Isroil bilan aloqadorlikda ayblangan olti kishi qatl etildi, deb xabar bermoqda Mehr agentligi.

 

OAV xabarlariga ko‘ra, qatl etilganlar xorijiy agentlardan ham yordam olgan.

 

Huquqni himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar bu voqeani keskin qoralab, Eronda qatl jazolarining ortib borayotganidan xavotir bildirmoqda. Ularning fikricha, sud jarayonlari shaffof emas va ayblanuvchilarga nisbatan adolatli himoya taʼminlanmayapti.

 

So‘nggi yillarda Eron dunyoda eng ko‘p qatl jazosini qo‘llayotgan davlatlardan biri sifatida tilga olinmoqda. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bunday jazolar mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy muammolarni yana-da keskinlashtirishi mumkin.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика