Eronda ayollarning hijobni toʻgʻri kiyishini taʼminlash uchun koʻchalarda politsiya xodimlari tomonidan piyoda va avtomobil patrullari o'tkazish yo'lga qo'yiladi. Bu haqda Tasnim agentligi huquq-tartibot idorasi vakiliga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, politsiya ko‘chalarni patrul qiladi va qoida buzganlarga ogohlantirish beradi, deb yozadi agentlik. Politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmagan fuqarolar sudga tortiladi.
Bunday chora-tadbirlar "ijtimoiy hamjihatlikka yordam berishi" va jamiyat xavfsizligini ta'minlashi kerak, deydi manba.


