Eronda grippga qarshi vaksinalar yetishmasligi va ularning yuqori narxi jiddiy oqibatlarga olib kelayotgani ma’lum qilindi. Bu haqda “Azad Iran”ga tayanib Oxu.Az nashri xabar berdi.
Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar va axborot markazi rahbari Husayn Kermanpurga ko‘ra, mamlakatda grippdan vafot etganlar soni hozirga qadar 101 kishini tashkil etmoqda. Uning aytishicha, virusdan halok bo‘lganlarning aksariyati emlanmagan shaxslar hisoblanadi.
Islom Maslahat Assambleyasi Sog‘liqni saqlash va tibbiy komissiyasi a’zosi Humayun Sameh Najafabodi grippdan o‘lim xavfi koronavirusdan o‘lim xavfidan yuqori ekanini ta’kidladi. U virusning keng tarqalishiga asosiy sabab sifatida grippga qarshi vaksinaning qimmatligi va sug‘urta tizimining mavjud emasligini ko‘rsatdi.


