1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eronda namoyishchilar hukumat vakillarini tiriklayin yoqib yuborgani aytilmoqda

Noroziliklar Eron milliy valyutasining keskin qadrsizlanishi ortidan boshlangan bo‘lib, hozirga kelib mamlakatning barcha 31 viloyatini qamrab olgan.

Eronda namoyishchilar hukumat vakillarini tiriklayin yoqib yuborgani aytilmoqda

 

 

 

Eronning bir qator shaharlarida hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar davom etmoqda. Xorijiy va mahalliy manbalarga ko‘ra, 8-yanvar kuni Shimoliy Xuroson viloyatining Esfaraen shahrida yuz bergan tartibsizliklar vaqtida shahar prokurori Ali Akbar Husaynzoda hamda bir necha xavfsizlik kuchlari xodimlari halok bo‘lgan. Bu haqda BBC ma’lum qilgan.

 

BBC Persian tasdiqlagan videolarda Tehron, Mashhad va boshqa yirik shaharlarda minglab odamlar ko‘chalarga chiqqani aks etgan. Namoyishchilar Eron oliy rahbari Ali Xomanai iste’foga chiqishini talab qilib, mamlakatni tark etgan sobiq shohning o‘g‘li Rezo Pahlaviy nomini tilga olgan shiorlar bilan chiqish qilgan. Ayrim hududlarda kuzatuv kameralariga zarar yetkazilgani ham qayd etilgan.

 

Noroziliklar Eron milliy valyutasining keskin qadrsizlanishi ortidan boshlangan bo‘lib, hozirga kelib mamlakatning barcha 31 viloyatini qamrab olgani aytilmoqda. Inson huquqlari tashkilotlari ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi kunlarda o‘nlab namoyishchilar va xavfsizlik xodimlari halok bo‘lgan, minglab fuqarolar esa qo‘lga olingan. Rasmiy Tehron bu raqamlarni tasdiqlamagan.

 

Shu bilan birga, NetBlocks internet monitoring xizmati Eronda mamlakat miqyosida internet cheklovlari joriy etilganini bildirdi. Davlat OAVlari esa namoyishlar ko‘lamini kichraytirib ko‘rsatmoqda yoki ayrim hududlarda noroziliklar bo‘lganini inkor etmoqda. Tahlilchilarga ko‘ra, bu voqealar 2009-yildan beri Eronda kuzatilgan eng yirik ijtimoiy-siyosiy noroziliklardan biri bo‘lishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика