1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eronda namoyishlarga aloqador shaxslar qatl qilinishi mumkin

Jinoyat qonunchiligiga ko‘ra, qurol ishlatgan tartibsizlik ishtirokchilari “davlatga qarshi isyon” aybi bilan eng og‘ir jazoga tortilishi mumkin.

Eronda namoyishlarga aloqador shaxslar qatl qilinishi mumkin

 

Tehron prokurori Ali Solihi Eronda yuz bergan tartibsizliklarga aloqador shaxslarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rilishini maʼlum qildi. Uning aytishicha, tartibsizliklarda ishtirok etgan, davlat va xususiy mulkka zarar yetkazgan, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga qarata o‘q uzgan shaxslar “davlatga qarshi isyon ko‘tarish” aybi bilan javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda news.mail nashri xabar berdi.

 

Ali Solihi Eron davlat telekanaliga bergan bayonotida sud tizimining asosiy ustuvor vazifasi fuqarolar xavfsizligini taʼminlash ekanini taʼkidladi. “Terroristik harakatlarga nisbatan yondashuvimiz qatʼiy va to‘xtatuvchi bo‘ladi. Bunday harakatlar davlatga qarshi isyon sifatida baholanadi va qonun doirasida jazolanadi”, — dedi u.

 

Eron jinoyat qonunchiligiga ko‘ra, davlatga qarshi isyon aholini qo‘rqitish maqsadida qurol ishlatish sifatida talqin etiladi. Ushbu jinoyatda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanishi mumkin.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, 8-yanvar kuni Tehronda hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan. Tartibsizliklar Karaj shahrini ham qamrab olgan. Namoyishchilar yo‘llarni to‘sib, ayrim politsiya bo‘limlariga o‘t qo‘ygan. To‘qnashuvlar oqibatida 45 kishi, jumladan, to‘rt nafar voyaga yetmagan bola va ikki nafar huquqni muhofaza qilish organi xodimi halok bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика