2025 yilda Eronda kamida 1922 ta o‘lim jazosi ijro etilgan, deb xabar beradi Human Rights Activists in Iran (HRA) tashkilotining yillik statistik hisobotida. Bu ko‘rsatkich 2015 yildan beri eng yuqori sifatida qayd etilgan. Bu haqda Iran International xabar bermoqda.
HRA hisobotiga ko‘ra, o‘limlar soni 2024 yilga nisbatan 106,6 foizga oshgan, biroq sudlar tomonidan chiqarilgan yangi o‘lim jazolari soni 168 kishiga yetib, oldingi yilga nisbatan 21,4 foizga kamaygan.
Hisobotda qayd etilishicha, qatlarning taxminan 95 foizi yashirin tarzda, rasmiylar tomonidan hech qanday e’lon qilinmasdan amalga oshirilgan. HRA mutaxassislari ma’lumotlarni mahkumlarning qarindoshlari, advokatlar, mahbuslar, qamoqxona xodimlari hamda hududiy huquqni himoya qilish tarmoqlari va mahalliy matbuot orqali to‘planganini bildiradi.
“Tizimning yopiq bo‘lishi sababli, o‘lim jazolarining haqiqiy soni bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin”, — deyiladi HRA hisobotida.


