1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Erondagi portlashdan so‘ng neft narxi ko‘tarildi

Liviyadagi konda qazib olish ishlari ham to‘xtatilgan.

Erondagi portlashdan so‘ng neft narxi ko‘tarildi

 

Erondagi portlashlar haqidagi xabarlardan so‘ng benchmark neft narxi keskin ko‘tarila boshladi.

 

Londonning ICE Futures birjasida Brent markali neftning mart fyucherslari narxi 2,39 dollarga (3,15 foizga) oshib, bir barrel uchun 78,28 dollarni tashkil qildi.

 

Nyu-York tovar birjasida fevral oyidagi WTI nefti fyucherslari narxi 2,33 dollarga (3,31 foizga) ko‘tarilib, bir barrel uchun 72,71 dollarni tashkil qildi.

 

Eslatib o‘tamiz, general Qosim Sulaymoniy qabri yonida sodir bo‘lgan portlashlarda yuzdan ortiq odam yuzdan ortiq odam halok bo‘lgan, 170 ga yaqin kishi jarohatlangan.

 

Tergovning dastlabki natijalariga ko‘ra, ikkita qopga solingan portlovchi moddalar qabristonda qoldirilgan va masofadan turib portlatilgan.

 

Eron razvedka xizmatlari buni terror hujumi deb hisoblamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика