Bu haqda jurnalistlarga Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalaf Xalafov maʼlum qildi, deya xabar berdi Trend.az.
«Elchixonada diplomatik xizmatning maʼmuriy binosi va mulkini qo‘riqlash uchun bor-yo‘g‘i 5 kishi qoladi, biroq ular diplomatik vazifalarni bajarmaydi», — deya qo‘shimcha qildi vazir o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 27 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 8:30 atrofida Ozarbayjonning Eron Islom Respublikasidagi elchixonasida terakt sodir etilgan edi.
Hujumchi qo‘riqlash postiga avtomatdan o‘q uzgan, xavfsizlik xizmati rahbari halok bo‘lgan, elchixonaning ikki qo‘riqchisi yaralangan. Hozirda terrorchilik harakati tergov qilinmoqda.
Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi Eronda halok bo‘lgan O‘rxon Askerovning jasadini Ozarbayjonga olib kelish uchun zarur choralar ko‘rdi. Buning uchun Ozarbayjon samolyot ajratdi.
Kecha soat 22:00 atrofida Ozarbayjonning Erondagi elchixonasidan evakuatsiya qilingan xodimlarni olib ketayotgan samolyot Bokuga qo‘ndi. Shuningdek, elchixonaga uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lgan O‘rxon Askerovning jasadi Bokuga yetkazildi.


