1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Erta tongda Xorazmda kuchli shamol va chang bo‘roni kuzatildi — video

Ayrim hududlarning elektr taʼminotida uzilishlar yuzaga keldi.

Erta tongda Xorazmda kuchli shamol va chang bo‘roni kuzatildi — video

 

«Hududiy elektr tarmoqlari»ning Xorazm hududiy filiali kuchli shamol tufayli ayrim hududlarda elektr uzilishlari kuzatilgani haqida xabar berdi.

 

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35°, baʼzi joylarda 37° gacha bo‘ladi.

 

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 32-34° bo‘ladi.

 

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика