1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ertadan yangi telekanal o’z dasturlarini boshlaydi

Unda Toshkent viloyati hayotiga oid ko’rsatuv va eshittirishlar efirga uzatib boriladi.

Ertadan yangi telekanal o’z dasturlarini boshlaydi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 18-noyabrdagi "Toshkent viloyati teleradiokanalini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori ijrosiga muvofiq, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida Toshkent viloyati teleradiokanali – «Nurafshon TV» o‘z faoliyatini boshlaydi.

 

Unda hududning ijtimoiy-siyosiy, sosial-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy hayotida ro‘y berayotgan islohotlar, farovonlik, taraqqiyot va bunyodkorlik yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar hamda yaratilgan imkoniyatlar haqida turkum telelavhalar beriladi.

 

Shuningdek, hududning tarixi, madaniyati, san’ati, adabiyoti va urf-odatlari, boy tabiati, so‘lim go‘shalari va turizm salohiyatini aks ettiruvchi, ularni o‘rganish, asrab-avaylash va keng targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan ko‘rsatuv va eshittirishlar tayyorlanadi.

 

Shu bilan birga, davlat va nodavlat teleradiokompaniyalar, axborot agentliklari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan axborot almashish bo‘yicha samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

 

Telekanal rasman ertaga, 17 yanvar kuni 9.00 dan o‘z dasturlarini boshlaydi. Efir setkasi tunu kun, 24 soat uchun uzluksiz tarzda tuzilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика