19-fevral kuni Toshkent viloyatining Nurafshon shahridagi "Nurafshon" MFY hududida yerosti gaz quvuri hamda “Yoshlik” MFY hududidagi o‘rta va past bosimli yerosti gaz quvurlari ta’mirlanadi. Shu sabab ertaga soat 10.00 dan 17.00 gacha ikkala mahallaning jami 1040 ta aholi xonadonida va 12 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
“Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filiali Ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi, deyiladi rasmiy xabarda.


