1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ertaga O‘zbekistonda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

Ob-havo ma'lumotlari e'lon qilindi.

Ertaga O‘zbekistonda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

 

O‘zbekistonning ayrim joylarida 15 fevral kuni chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Avval O‘zbekistonning ba’zi hududlarida kuzatilgan chang bo‘ronlari aeroport faoliyati cheklanishiga sabab bo‘lgan.

 

 

Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Avvalroq Toshkentda chang miqdori JSST tavsiyalaridan 17 marta oshgani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, Buxoro viloyatidagi kuchli chang bo‘roni Buxoro aeroporti faoliyatini cheklanishiga sabab bo‘lgan. Oqibatda ikkita Samarqand va Navoiydagi aerodromlarga yo‘naltirilgan. Shuningdek, o‘tgan yili ham Kuchli chang bo‘roni, ko‘rish masofasining 500 metrgacha pasayishi sababli "Buxoro" aeroportida havo kemalarini qabul qilishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика