1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. Ertaga respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

12:36 / 21.10.2024

258

Ertaga respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekiston bo‘yicha eng jadal yomg‘irlar 25-oktyabr kuni prognoz qilinmoqda.

 

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun kechga tomon Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi havo harorati +24...+27 darajani, shimolda +12...+17 darajani tashkil etadi.

 

Ertaga respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, shamol ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat +15...+20 darajagacha pasayadi.

 

Chorshanba va payshanba kunlari faqat respublikaning janubiy va sharqiy hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. O‘zbekiston bo‘yicha eng jadal yomg‘irlar 25 oktyabr kuni prognoz qilinmoqda.

 

Havo harorati 23-oktyabrda kechasi +8...+13 darajagacha, kunduzi +10...+15 darajagacha, 24 oktyabrda kechasi +5...+10 darajagacha, kunduzi +12...+17 darajagacha, 25 oktyabrda kechasi +5...+10 darajagacha, kunduzi +14...+19 darajagacha bo‘ladi.

 

22-oktyabrdan 25-oktyabrgacha respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, 23-25 oktyabrda ayrim hududlarda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘li hududlarda qorga aylanadi.

 

Poytaxtda bugun quyoshli va quruq ob-havo kuzatiladi, harorat kunduzi +25...+27 darajagacha bo‘ladi. Ertaga kechga tomon vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+13 darajagacha, kunduzi +17...+19 darajagacha bo‘ladi.

 

23-24 oktyabrda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 oktyabrda kechasi +11...+13 darajagacha, kunduzi +13...+15 darajagacha, 24 oktyabrda kechasi +8...+10 darajagacha, kunduzi +15...+17 darajagacha bo‘ladi.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика