Namangan viloyatida yashovchi 27 yoshli A.I. Yakkasaroy tuman IIO murojaat qilib, 21 yoshli J.Z. uni shaʼniga putur yetkazadigan foto va video tasvirlarni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirmasligi evaziga 5.000.000 so‘m talab qilganini maʼlum qilgan. Shuningdek, yigit avval ham qizdan tovlamachilik yo‘li bilan 4.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni olganligi, bundan tashqari qiz uning boshqa xarajatlari uchun ham pul to‘lab kelganligini aytib J.Z. ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Arizasi bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida J.Z. Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko‘chasida joylashgan “CONTINENT” nomli supermarketi oldida A.I.dan 100 AQSH dollari va 500.000 so‘m miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan J.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, J.Z. protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq toshkentda ishqiy munosabatda bo‘lgan yigit "sevgan qizi"dan pul undirib kelgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva


