1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Eski namunadagi “prava”larni almashtirish muddati uzaytirildi

Belgilangan muddatgacha  almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi

Eski namunadagi “prava”larni almashtirish muddati uzaytirildi

 

Adliya vazirligining rasmiy kanala xabar berishicha, eski haydovchilik guvohnomalarni almashtirish muddati uzaytirildi.

 

Qarorga ko‘ra, «Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga o‘zgartirishlar kiritilgan.

 

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirildi:

— 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari — 2023-yil 31-martgacha;

— 2010–2012 yillarda berilganlari — 2023-yil 30-iyungacha;

— 2013–2015 yillarda berilganlari — 2023-yil 30-sentabrgacha;

— 2015 yildan keyin berilganlari — 2023-yil 31-dekabrgacha.

 

Belgilangan muddatgacha  almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

 

Eslatib o‘tamiz avvlroq, haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmatida texnik-profilaktik tadbirlar o‘tkazilyotgani haqida хаbar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика