AQSHda tornado oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press (AP) [https://apnews.com/] xabar berdi. Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning olti nafari Alabama shtatidan. Yana bir kishi Jorjiyada halok bo‘lgan. Alabamadagi Otoga okrugida 50 ta uy vayron bo‘lgan. poweroutage.us [http://poweroutage.us/] portaliga ko‘ra, har ikki shtatda 100 ming isteʼmolchi elektrdan uzilgan. O‘tgan hafta AQSHning ko‘plab shtatlarida qor bo‘ronlari tufayli favqulodda holat yuzaga kelgandi. Bundan tashqari, Kaliforniyada suv toshqinlari kuzatilgan.