1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Estoniya bosh vaziri rossiyalik turistlarni “tahdid” deb atadi

Kaya Kallas RF fuqarolariga Shengen vizasini berishni taqiqlashga chaqirdi.

Estoniya bosh vaziri rossiyalik turistlarni “tahdid” deb atadi

 

Rossiya turistlari Estoniya milliy xavfsizligiga tahdid hisoblanadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Kaya Kallas Britaniyaning Sky News  telekanali efirida maʼlum qildi.

 

“Muammo shundaki, Estoniyaga kelayotgan barcha turistlarni tekshirish imkoniyati yo‘q. Biz ularning respublika xavfsizligiga tahdid ekanini ko‘ryapmiz”, – degan u.

 

Shu munosabat bilan siyosatchi yana bir bor YEIni rossiyaliklarning Yevropaga kirishini butunlay taqiqlashga chaqirgan. Bosh vazirning fikricha, bu orqali “Moskva va Sankt-Peterburgdan keladigan turistlarning Kremlga bosim o‘tkazishi”ga erishish mumkin.

 

Estoniya 18 avgustdan Rossiya fuqarolariga Shengen vizalarini berishni to‘xtatdi.

 

Finlyandiya rossiyaliklarga viza berishni sekinlashtirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика