1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Estoniya kuchli qor bo‘roni ostida qoldi

Samolyotlar aeroportga qo‘na olmay ortga qaytishga majbur bo‘ldi.

Estoniya kuchli qor bo‘roni ostida qoldi

 

Estoniyani kuchli qor bo‘roni qopladi. Mamlakatda parvozlar bekor qilindi, 10 mingga yaqin xonadon elektr energiyasidam uzulib qolgan. Rasmiylar aholiga avtomobilda sayohat qilmaslikni tavsiya qilmoqda. 


Ayrim hududlarda shamolning tezligi 28 m/s gacha kuchaygan. Meteorologlarning prognozlariga ko‘ra, yaqin soatlarda Estoniya sharqida yog‘ingarchilik va shamol kuchayadi.

 

Aeroport bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Ryanairning Rim-Tallin reysi Vilnyusga, LOT Varshava-Tallin reysi Varshavaga qaytishga majbur bo‘lgan, Ryanarning Neapol-Tallin reysi va Lufthansaning Frankfurt-Tallin reysi Rigaga yo‘naltirilgan. Shuningdek, Rossiyaning “Lokomotiv Kuban” basketbol jamoasi bo‘lgan samolyot Tallinga qo‘na olmadi. Jamoa Estoniyaning BC Kalev/Kramo klubi bilan musoboqa o‘tkazish uchun kelishi kerak edi. Samolyot Sankt-Peterburgga yo‘l oldi.

 

Shuningdek, AQSHda ham qor bo‘ronlari kuzatilmoqda. Minglab odamlar elektr tokisiz qolgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика