1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Euronews va SNN telekanallarida Farg‘oniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi yangi videoroliklar efirga uzatildi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” loyihasi buyuk allomalar merosini jahon tomoshabinlariga tanishtirmoqda.

Euronews va SNN telekanallarida Farg‘oniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi yangi videoroliklar efirga uzatildi

 



“Oskar” mukofoti sovrindori, mashhur britaniyalik aktyor Ben Kingsli ishtirokida “Maʼrifat aks-sadosi” turkum filmi doirasida  suratga olingan Farg‘oniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi videoroliklar dunyoning yetakchi Euronews va CNN xalqaro telekanallarida efirga uzatildi. 

 

Mazkur roliklar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli media-loyihaning muhim qismi bo‘lib, unda Sharq uyg‘onish davrining buyuk mutafakkirlari va olimlari merosi xalqaro auditoriyaga zamonaviy, taʼsirchan vizual yechimlar orqali taqdim etilmoqda. Videoroliklar jahon tomoshabinlarini islom sivilizatsiyasi bag‘rida kamol topgan ilm-fan, tafakkur va maʼnaviyat anʼanalari bilan tanishtirishga qaratilgan.

 

Loyihada ser Ben Kingsli ishtirok etib, u Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va Amir Temur kabi buyuk siymolar hayoti, ilmiy merosi hamda ularning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida hikoya qiladi.

 

“Maʼrifat aks-sadosi” loyihasi doirasida tarix, madaniyat va fan rivojiga muhim taʼsir ko‘rsatgan allomalar hayotiga bag‘ishlangan o‘ndan ortiq qisqa metrajli hujjatli filmlar ishlab chiqish rejalashtirilgan. Ushbu filmlar aynan xalqaro tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, dunyoning yetakchi media-platformalari orqali namoyish etiladi.


Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi doirasida mamlakatimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini keng targ‘ib etish, xalqaro madaniy muloqotni mustahkamlash hamda O‘zbekistonni qadimiy sivilizatsiyalar beshigi, fan va maʼrifat markazi sifatida dunyoga tanitishga xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика