Yevroittifoq davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning o‘ninchi paketi bilan tanishdi. Unga turli texnologiyalar bilan birga unitaz eksportini taqiqlash ham kiritilgan.
Xususan, hojatxona unitazi va boshqa santexnika anjomlarini sotish to‘xtatilishi mumkin. Bundan tashqari, Moskvaga tutun trubalari, g‘isht, shinalar va yozuv ruchkasi idishlari eksport qilishni ham taqiqlash ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, Rossiya olmos va yadro sanoatiga qarshi jazo choralari qo‘llanilmaydi.
Bundan avval yangi sanksiyalar paketiga RF banklari va OAV ham kiritilishi xabar qilingandi. Bryussel uni 24 fevral arafasida eʼlon qilishi kutilmoqda.


