1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Fantomas” roli bilan tanilgan aktyor vafot etdi

Uning o‘lim sababi hozircha nomaʼlum.

“Fantomas” roli bilan tanilgan aktyor vafot etdi

 

Kecha, 18-may kuni avstriyalik aktyor Xelmut Berger 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda aktyorning agenti Xelmut Verner maʼlum qildi.

 

Agentning so‘zlariga ko‘ra, aktyorning o‘lim sababi hozircha nomaʼlum.

 

Berger 1944 yili 29 mayda Yuqori Avstriyada dunyoga kelgan. Bolaligi va yoshligi Zalsburgda o‘tgan, keyinchalik Parij va Londonda ishlagan. U Londondagi Markaziy nutq va dramatik sanʼat maktabida tahsil olgan.

 

1964 yili Berger italiyalik rejissyor Luchino Viskonti bilan uchrashdi. Keyinchalik u aktyorga Italiya va Fransiya rejissyorlari tomonidan suratga olingan beshta qisqa hikoyalardan iborat “Jodugarlar” filmidagi ilk rolini berdi.

 

Bergerning eng mashhur kino asari Natsistlar Germaniyasidagi voqealar haqidagi Viskonti filmidagi "Xudolarning o‘limi" filmidagi metallurgiya konserni rahbarining o‘g‘li Martin fon Essenbek roli edi. Film 1960 yilda chiqarilgan. Kino tanqidchilari fon Essenbek rolini “yil roli” deb atashgan va Berger “Oltin globus”ga nomzod bo‘lgan. O‘zbekistonda bu aktyor mashhur «Fantomas» kinosi bilan tanilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика