Kecha, 25 iyul kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani hududida sel oqimlari kuzatildi.
Jala yomg‘ir va do‘l yog‘ib o‘tishi oqibatida Farg‘ona tumani “Shohimardon” MFY hududida joylashgan Qurkul sel yo‘lidan soat 15:30 da sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yo‘lidan oqib o‘tgan.
Farg‘ona tumani Shohimardon qishlog‘i tog‘-adirliklaridan soat 15:30 da jala yomg‘ir va do‘l yog‘ishi oqibatida 4-5 M 3/S sel oqimlari vujudga kelib, qishloq vrachlik punkti hovlisi hamda 4 ta aholi hovli joylarini qum-shag‘al bilan to‘ldirgan.
Shuningdek, Farg‘ona tumani “Yordon” MFY hududida joylashgan Bukan sel yo‘lidan soat 15:30 da 1,5-2 M 3/S sel oqimlari vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yo‘lidan oqib o‘tgan.
Hozirda FVV xodimlari tomonidan tozalash ishlari olib borilmoqda. Aholi orasida jabrlanganlar yo‘q.


