1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘ona va Toshkentda katta miqdordagi pirotexnikalar to‘xtatib qolindi

Bojxona organlari tomonidan pirotexnika vositalarining chetdan noqonuniy olib kirilishiga qarshi kurash olib borilmoqda.

Farg‘ona va Toshkentda katta miqdordagi pirotexnikalar to‘xtatib qolindi

 

Bojxona organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining chetdan noqonuniy olib kirilishi, saqlanishi va aylanishiga tizimli ravishda tezkor tadbirlar o‘tkazish orqali qarshi kurash olib borilmoqda. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi

 

“Boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi viloyat DXX va IIB xodimlari pirotexnika vositalarining chetdan noqonuniy olib kirilishi va saqlanishiga qarshi bir qator tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida “Damas” rusumli avtotransport vositasida chetdan noqonuniy olib kirilayotgan hamda fuqaroning Quva tumanidagi xonadonida saqlanayotgan dastlabki qiymati 141 million so‘mlik 7 turdagi jami 408 ming dona pirotexnika vositalari borligi aniqlanib ashyoviy dalil tariqasida olingan”, – deyiladi xabarda.

 

Viloyatning Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi tumandagi yashash xonadonlaridan biriga kirib xonadondagi tovarlarni yuklab chiqib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida to‘xtatilib, xonadon va transport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtotransport vositasi hamda xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan va chetdan noqonuniy olib kirilgan umumiy qiymati 95 million so‘mlik 4 turdagi jami 180 ming dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil tariqasida olingan.

 

Shuningdek, Farg‘ona tumanidagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu xonadonda da ham xorijda ishlab chiqarilgan va chetdan noqonuniy olib kirilgan umumiy qiymati 28 million so‘mlik 3 turdagi jami 74 dona pirotexnika vositalari saqlanayotganligi aniqlangan.

 

“O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida umumiy qiymati 264 million so‘mlik 14 turdagi 588 ming donadan ziyod pirotexnika vositalarining chetdan noqonuniy olib kirilishi hamda saqlanishiga chek qo‘yildi”, – deyiladi xabarda.

 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Bundan tashqari, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish tezkor xodimlari, DXX Toshkent shahar boshqarmasi hamda IIB Yo‘l patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda,Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi

 

Tadbir davomida, Ohangaron tumanida “Farg‘ona-Ohangaron” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro boshqaruvidagi bo‘lgan, “Mercedes Benz Sprinter” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtoulov yuk xonasida, xufiyona tarzda kiyim-kechaklar ostiga yashirilgan fuqaro Kayumovaga tegishli bo‘lgan, Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra qiymati 200 mln.so‘m bo‘lgan jami 174 108 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика