1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada 11-sinf o‘quvchisi Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutib oldi

U SAT va IELTS imtihonlarida yuqori ball to‘plagan, ingliz va nemis tili bo‘yicha xalqaro yutuqlarga erishgan.

Farg‘onada 11-sinf o‘quvchisi Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutib oldi

 

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafro‘z Salohiddin qizi Наrvard universitetining Integrativ biologiya yo‘nalishiga qabul qilindi, u 4 yilga 100 foizlik grant yutib oldi.

 

Dilafro‘z 2008-yil 1-aprelda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan va Prezident maktabida tahsil olmoqda. U o‘zining bilim va mahorati bilan xalqaro va milliy darajadagi bir qator yutuqlarga erishgan: SAT xalqaro imtihonidan 1540 ball, xalqaro IELTS imtihonidan 8.0 ballni qo‘lga kiritgan. Asosiy fan olimpiadasida ingliz tilidan Farg‘ona viloyatida 1-o‘rin hamda nemis tili multilevel imtihonidan B2 daraja. Shuningdek, u maktabdagi eko-qo‘mita sardori, Yangi O‘zbekiston universiteti tomonidan tashkillangan Hogwarts yozgi oromgohi ikki karra qatnashchisi, Hippo xalqaro ingliz tili olimpiadasi yarim-finalisti, Harvardning HPAIR konferensiyasiga qabul qilingan, Technovation Girls xalqaro tanlovining o‘quvchilar vakili va UNESCO tomonidan tashkillangan “Be an explorer” tanlovi finalisti.

 

Shuningdek, Dilafro‘z “Raqamli avlod qizlari” loyihasi doirasida “EcoHelp” ilovasini ishlab chiqib, chiqindilar masalasini hal qilish va faol fuqarolarni rag‘batlantirishga hissa qo‘shgan.

 

Mazkur yutuq yosh olimning tinimsiz mehnati, ota-onasi va ustozlarining qo‘llab-quvvatlashi hamda mamlakatimizda ta’lim sohasida yaratilgan imkoniyatlar samarasidir. Shu bilan birga, Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Asilbek Ashurov, Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Go‘zalkhon Haydarova va boshqa yoshlarimiz ham Harvard universitetida tahsil olmoqda.

 

Davlatimiz rahbarining ta’lim sohasidagi islohotlari natijasi sifatida yoshlarga yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilarning xalqaro maydondagi yutuqlari bilan namoyon bo‘lmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика