Farg‘ona viloyatida 6 oy davomida 18 mlrd so‘mdam ortiq elektr energiyasidаn noqonuniy foydаlаnish holаtlаri аniqlаndi.
Energetika vazirligining xabar berishicha, joriy yilning 6 oyi davomida Farg'ona viloyati bo‘yicha jami 3 549 ta holatda iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan bo‘lib, mazkur holatlar uchun 18 mlrd 570 mln so‘m miqdorida qayta hisob-kitob ishlari bajarilgan.
Shundan, aholi isteʼmolchilari tomonidan 2 326 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan, ushbu noqonuniy holatlar yuzasidan umumiy 5 mlrd 701,3 mln so‘m qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, ulgurji isteʼmolchilar tomonidan 1 223 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, umumiy hisobda 12 mlrd 869 mln so‘mga qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan. Eng ko‘p noqonuniy holatlar Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari, Beshariq, Buvayda, Bog‘dod hamda Uchko‘prik tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘tkazilayotgan tadbirlar davomida joylarda aniqlangan qoidabuzarlik holatlari yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, vaqtincha elektr tarmog‘idan ajratilmoqda.


