1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada 2 797 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi musodara qilindi

Dori vositalari Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgani aniqlanib, gumonlanuvchi qamoqqa olindi.

Farg‘onada 2 797 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi musodara qilindi

 

Giyohvandlik vositalari hamda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish doirasida Farg‘ona viloyatida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Xususan, Qo‘qon shahrida harakatlanib ketayotgan “Gentra” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, mazkur shaharda istiqomat qiluvchi, 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan olib kelinayotgan Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan 2 797 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolarni kuchli ta’sir qiluvchi va psixotrop dori vositalarini shifokor tavsiyasisiz qabul qilmaslikka chaqiradi.

 

Bunday moddalar sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘dirib, kuchli qaramlik, yurak xurujlari, asab tizimi buzilishlari hamda ichki a’zolar faoliyatining izdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Eng ayanchlisi, ushbu vositalar o‘lim holatiga ham sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

 

Shu bois mamlakatda kuchli ta’sir qiluvchi va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi hamda retseptsiz savdosi qat’iyan taqiqlangan bo‘lib, bu borada qonunchilikda javobgarlik belgilangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика