1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada 4 nafar bola fast-fuddan zaharlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Farg‘onada 4 nafar bola fast-fuddan zaharlandi

Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyati boshqarmasi O‘zbekiston tumani bo‘limiga 2024 yil 6 noyabr kuni soat 11:30larda tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Yuqumli kasalliklar bo‘limiga 4 nafar bemorni oshqozon-ichak faoliyatining funksiyasini buzilishi tashxisi bilan yotqizilganligi yuzasidan xabarnoma berilgan.

 

Ushbu xabarnomaga asosan Canepidqo‘mita xodimlari tomonidan sanitariya-epidemiologik surishtiruv ishlari olib borildi.

 

Surishtiruv davomida bemorlarning 2 nafari 2024 yil 5 noyabr kuni tushlik vaqtida O‘zbekiston tumani "Yaypanbozorbosh" MFY, Ibn Sino ko‘chasida faoliyat olib borayotgan fastfud mahsuloti tayyorlab sotish shoxobchasida xot-dog mahsulotini isteʼmol qilganligi, yana 2 nafar bemor esa ushbu tumanning “Oqtepa” MFY, “Turkiston” ko‘chasida faoliyat olib borayotgan “OQTEPA MINI FOOD” nomli fastfud mahsuloti tayyorlab, sotish shoxobchasida xot-dog mahsulotini isteʼmol qilganligi maʼlum bo‘lgan.

 

Bemorlar shifoxonada shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, “Oshqozon-ichak faoliyatining funksiyasini buzilishi” tashxisi bilan bo‘limga yotqizilgan. Bemorlarning umumiy holati qoniqarli.

 

Ushbu holat Sanepidqo‘mita mutaxassislari tomonidan to‘liq nazoratga olingan. O‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика