1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg'onada 4 nafar erkak oilali ayolni zo'rladi

Gumonlanuvchilar hozirda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Farg'onada 4 nafar erkak oilali ayolni zo'rladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Beshariq tumanida oilali, ikki nafar farzandli ayolni to‘rt nafar erkak tomonidan zo‘rlangani haqidagi videoxabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganildi.

 

Aniqlanishicha, joriy yilning 21-mart kuni A.Y. tanishlari I.Y, J.S. va B.S. lar bilan fuqaro D.U (ayol kishi) ni majburlab, Beshariq tumanidagi tashlandiq shiyponga olib borib, zo‘rlashgan. Shuningdek, ayolni urib-do‘pposlab, B.S. bilan jinsiy aloqada bo‘lgan holatini videotasvirga olib, ushbu tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, D.U.ning nomusiga tegib, jinsiy ehtiyojlarini qondirgan.

 

Sud tibbiy ekspertizasining 31-martdagi xulosasida D.U.ning o‘ng bilagida qontalashi bo‘lib, mazkur tan jarohati og‘irlik darajasiga ko‘ra 6 kundan ko‘p davom etmaydigan yengil shikastlar toifasiga kirishi, tanasining boshqa joylarida jarohatlar aniqlanmaganligi ko‘rsatilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Qayd etilishicha, 29-iyun kuni tergov harakatlari yakunlanib, tegishliligi bo‘yicha sudlov organiga yuborilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика