1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada 64 yoshli abituriyentga testda yordam berildi

Holat yuzasidan DTM rasmiy munosabat bildirdi.

Farg‘onada 64 yoshli abituriyentga testda yordam berildi

 

10-avgust kuni 2-smenada Farg‘ona davlat universiteti stadionida o‘tkazilgan test sinovida abituriyent M.O.Ochilov (64 yosh) test topshiriqlarini ishlab bo‘lganidan so‘ng ko‘zi yaxshi ko‘rmasligini, chiroq yorug‘ida javoblarni belgilashda doirachalarni adashtirib yuborayotganini aytib, javoblarni ko‘chirib berishda yordam so‘ragan.

 

Holat Davlat test markazi xodimlari tomonidan ko‘rib o‘rganilgan hamda abituriyentga test topshiriqlari kitobida belgilangan javoblarni javoblar varaqasiga bo‘yash uchun shu guruhdagi test topshiriqlarini ishlab bo‘lib, topshirgan abituriyent (M.M.Axmadaliyeva) tomonidan yordam ko‘rsatilgan.

 

Bunda yordam so‘ragan abituriyent (M.Ochilov) qaysi savolga qaysi javobni belgilash kerakligini aytib turgan va yordamchi abituriyent (M.Axmadaliyeva) javoblar varaqasiga bo‘yashga yordam bergan.

 

Jarayon guruhdagi qolgan abituriyentlarning roziligi asosida Davlat test markazi xodimlari va guruh nazoratchilari kuzatuvi ostida amalga oshirilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика