1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada 8 oylik chaqaloqni kaltaklagan ayol va eri jazoga tortildi

Ayol farzandini kaltaklab, ruhiy bosim ko‘rsatgan va bu holatni videoga olgan.

Farg‘onada 8 oylik chaqaloqni kaltaklagan ayol va eri jazoga tortildi

Farg‘ona shahrida 8 oylik chaqaloqqa nisbatan zo‘ravonlik qo‘llanilishi va bu holatni videoga olish yuzasidan sud tergovi yakunlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa ayol va uning eri o‘rtasidagi oilaviy nizolar natijasida yuzaga kelgan. Ayol va eri 2024-yil fevral oyida shar’iy nikoh asosida turmush qurgan bo‘lib, bu ularning ikkinchi turmushi hisoblanadi. Oilada ayrim vaqtlarda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan va farzandning ta’minoti masalasida ham muammolar paydo bo‘lgan.

 

Sud tergovi davomida aniqlanishicha, ayol farzandini kaltaklab, ruhiy bosim ko‘rsatgan va bu holatni videoga olgan. Shu sababli, ayolga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli bandlari asosida BHMning besh baravari miqdorida jarima belgilandi.

 

Ushbu holatda ayolning eri ham mas’uliyatga tortildi. U farzandga nisbatan ayol tomonidan qo‘llangan haqoratlar uchun BHMning uch baravari miqdorida jarimaga tortildi.

 

Mazkur holat oilaviy nizolar va zo‘ravonlikning salbiy oqibatlarini ochiq ko‘rsatib, bunday hodisalarni oldini olish va oilalarda yuzaga keladigan nizolarni qonuniy tartibda hal qilishning zarurligini yana bir bor namoyon etdi. Shu bilan birga, sud qarori oilada tarbiya va bola huquqlarini himoya qilish borasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’kidlaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика