Farg‘ona viloyatida Spark avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ikki nafar 19 yoshli yo‘lovchi vafot etdi. Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 29-avgust kuni soat 03:30 larda Farg‘ona shahar Kirgili mavzesi hududidan o‘tgan 4R-140A “Farg‘ona shahriga” avtomobil yo‘lining 8- kilometrida sodir bo‘lgan. 2005-yilda tug‘ilgan haydovchi T.A Spark rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, keskin tormoz bosib yuborishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida beton simyog‘ochga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Oqibatda avtomobil yo‘lovchilari 2005-yilda tug‘ilgan Q.M, 2005-yilda tug‘ilgan Y.A, 2004-yilda tug‘ilgan E.Sh, va N.F lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan avtomobilda bo‘lgan ikki yo‘lovchi Q.M va Y.A.lar shifoxonada vafot etgan.