Aniqlanishicha, sudlanuvchi marhumaning uyiga u yolg‘iz bo‘lgan vaqtida borgan. Natijada marhuma bilan janjallashib, o‘zi olib borgan pichoq bilan unga 20 dan ortiq og‘ir tan jarohatlari yetkazgan.
Uni o‘ldirgandan so‘ng, jinoyatini yashirish maqsadida uyini yoqib chiqib ketgan. Qolaversa, sudlanuvchi uydan chiqib ketayotganda, dugonasini uy olish uchun to‘plagan 2 ming dollar pullari va ko‘plab tilla taqinchoqlarini olib chiqib ketgan.
Holat yuzasidan sud ishi JIB Farg‘ona shahrida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, ayolga nisbatan 15 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


