Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati IIB Qo‘shtepa tumani “Yangiariq” MFY, Bahor ko‘chasida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan, M.M. 2021 yil 28 noyabr kuni ertalab soat 6:30 larda Yozyovon tumani “Yangiobod” MFYdagi suv omboriga ovga ketgan.
Shundan so‘ng mazkur fuqaro uyga qaytib kelmagani haqida murojaat kelib tushgan
Yo‘qolgan fuqaro uyiga qaytmagach, oila aʼzolari Yozyovon tumanidagi Suv omboriga borishgan. U yerdan “Damas” avtomashinasini qulflangan holatda va sumkalarini suv ichidan topishgan.
Hozirda tuman IIB, Milliy Gvardiya, FVV qutqaruv guruhlari tomonidan qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi sel oqizib ketgan 7 yoshli Muhammadyusuf Rustamov qidirilayotgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lpony Ahmedova


