1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada Captiva tog‘dan qulab tushdi: haydovchi vafot etdi

Haydovchi qor va muz bilan qoplangan tog‘ yo‘lida boshqaruvni yo‘qotgan.

Farg‘onada Captiva tog‘dan qulab tushdi: haydovchi vafot etdi

 

Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 2026-yil 19-yanvar kuni soat 21:00 atrofida Farg‘ona tumani “Yordon” MFY hududida joylashgan tog‘li hududda qayd etilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, 1981-yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi Captiva rusumli avtomobil transport harakati uchun mo‘ljallanmagan kichik daradagi tog‘ yo‘lida harakatlanib ketayotgan vaqtida yo‘lning qor va muz bilan qoplangani sababli boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada avtomobil ag‘darilib, pastga qulab tushgan.

 

Haydovchi og‘ir tan jarohati — yopiq bosh miya shikasti va koma holati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan barcha tibbiy yordam va reanimatsiya choralariga qaramay, jabrlanuvchini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика