1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada chiqindi uchun asossiz pul undirilganmidi?

Raqobat qo‘mitasi eʼlon qilgan xabar rad etib chiqildi.

Farg‘onada chiqindi uchun asossiz pul undirilganmidi?

Avvalroq Quva tumanidagi mahallalarda MCHJ xizmat ko‘rsatmagani natijasida aholidan 1,7 milliard so‘mdan ziyod ortiqcha mablag‘ hisoblangani xabar qilingandi. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi buni rad etib chiqdi.

 

Raddiyada qayd etilishicha, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Tozalik Sanitar Servis” MCHJ chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatini ko‘rsatadigan Quva tumanidagi “Baynalminal”, “Jalayer”, “Iftixor”, “Katta Qashqar”, “Mustaqillik”, “Namuna”, “So‘fi” MFYlarda belgilangan tartibda o‘rganishlar o‘tkazilmagan. Xizmatlar ko‘rsatilmagani yoki tegishlicha bo‘lmagan sifatdagi xizmatlar ko‘rsatilgani holatini tasdiqlovchi dalolatnoma rasmiylashtirilmagan.

 

“Baynalminal”, “Jalayer”, “Iftixor”, “Katta Qashqar”, “Mustaqillik”, “Namuna”, “So‘fi” MFYlar raislari hamda ushbu mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi tomonidan sanitar tozalash xizmatlari ko‘rsatilmagani bo‘yicha shu kungacha hech qanday murojaatlar kelib tushmagan bo‘lsa-da, boshqarma tomonidan ushbu hududlarda hech qanday asoslarsiz “xizmat ko‘rsatilmagan” deb qaror qabul qilingan.

 

Vaj qilingan ushbu o‘rganishda Quva tumanidagi yuqorida nomlari keltirilgan mahallalarga borilmagan yoki Chiqindilarni boshqarish agentligi va uning viloyat boshqarmasiga hamkorlik bo‘yicha hech qanday murojaatlar qilinmagan hamda ushbu hududda haqiqatda xizmat ko‘rsatilgani haqida GPS monitoring tizimidan ma’lumotlar olinmagan.

 

Agentlik xabarida aytilishicha, Raqobat qo‘mitasi tomonidan avval ham Qashqadaryo, Sirdaryo, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi noreal qarzdorliklar haqida xabarlar eʼlon qilingan bo‘lib, mazkur rasmiy maʼlumotlarni Chiqindilarni boshqarish agentligidan emas, boshqa tashkilot va idoralardan olishga urinilgan.

 

Ayni paytda “Farg‘ona Tozalik Sanitar Servis” MCHJ tomonidan boshqarmaning qarorini haqiqiy emas deb topish yuzasidan tegishli sudga murojaat qilingan.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика