Kecha, 7 avgust kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida suvda oqib ketayotgan fuqaro qutqarib qolindi. Bu haqida viloyat FVB maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, soat 19:32 da Sirdaryo viloyati FVBga 112 tizimi orqali Guliston shahar “Obod-yurt” va “Bo‘ston” MFYlari o‘rtasidan oqib o‘tgan “Do‘stlik” kanalida fuqaro suvda oqib ketayotganligi to‘g‘risida xabar berilgan.

Xabarga asosan, soat 19:35 da viloyat FVB g‘avvos-qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishgan hamda fuqaro hayoti saqlab qolingan.
Shuningdek, Farg‘ona kanalida cho‘kayotgan yana bir qiz qutqarib qolindi.

Qo‘shtepa tumanida profilaktika inspektori Katta Farg‘ona kanalida oqib ketayotgan 17 yoshli qizning hayotini saqlab qolgan. Fuqaro hozirda davolanish uchun shifoxonaga yotqizilgan.


