1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Farg‘onada davlatga 277 mln so‘m zarar yetkazgan sex faoliyatiga chek qo‘yildi

Sex tabiiy gazga noqonuniy tarzda ulangan bo‘lgan.

Farg‘onada davlatga 277 mln so‘m zarar yetkazgan sex faoliyatiga chek qo‘yildi

    Marg‘ilon shahrida tabiiy gazga noqonuniy ulangan yashirin sex fosh etildi.

 

Unga ko‘ra, “A.A.” MCHJga qarashli ohak ishlab chiqarish sexi qarzdorlik hisobiga “Marg‘ilon shahargaz” bo‘limi tomonidan tabiiy gaz tarmog‘idan uzilgan bo‘lgan. Biroq shunga qaramasdan MCHJning norasmiy rahbari M.A. va boshqalar ushbu hududda noqonuniy ravishda tashkil etilgan sexni gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan qayta ulab, 4 dona qo‘lbola gaz yondirgichlar orqali ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda maʼlum bo‘ldi. Jinoyatchilar xatti-harakatlari tufayli davlat va jamiyat manfaatlariga 277,4 mln so‘m zarar yetkazilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика