Jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudining 2025-yil 11-noyabrdagi qaroriga ko‘ra, fuqaro M.A.dan davlat foydasiga 56 250 000 so‘m jinoiy jarima undirish belgilangan edi. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida ushbu jarima mablag‘i to‘liq undirildi.
Gap shundaki, oddiy ko‘cha janjali qarzdorga juda “qimmat saboq” bo‘ldi. Bir necha daqiqalik asabiylik — 56 million so‘mlik xarajatga aylandi.
Jarimani to‘lash jarayonida qarzdor hazil aralash shunday dedi: “Ko‘chada urishgandan ko‘ra boks zaliga borganim arzonroq ekan. Hech bo‘lmasa abonement olib, sog‘liqqa foyda qilardim.”
Albatta, hazilda ham haqiqat bor. Mutaxassislar taʼkidlashicha, ortiqcha energiya va asabni janjal bilan emas, sport bilan chiqarish ham sog‘liq, ham cho‘ntak uchun foydaliroq.
Jamoat tartibini buzish — nafaqat maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik, balki jiddiy moliyaviy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.


