Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudining qaroriga ko‘ra, Ya.Rustamov davlatga va Qishloq xo‘jaligi vazirligi inspeksiyasiga yetkazgan zararni qoplashi shart edi. Jami 88 million so‘mdan ziyod bu summa Majburiy ijro byurosining Uchko‘prik tuman bo‘limiga kelib tushgan va ijro ishi boshlangan.
Davlat ijrochisining tezkor harakatlari natijasida oradan atigi 5 kun o‘tib, jami zarar pullari to‘liq undirilgan.


