Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma xodimi – Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro va uning o‘g‘lini 20 ming AQSH dollari evaziga Saudiya Arabistoniga haj ziyoratiga yuborishni vaʼda qilib, talab qilingan summadan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u ushbu pul mablag‘ini turistik firma rahbarining ko‘rsatmasi asosida olganligi maʼlum bo‘ldi. Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


