1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada hamkasbiga shilqimlik qilgan erkak qamaldi

Holat futbol maktabida sodir bo‘lgan.

Farg‘onada hamkasbiga shilqimlik qilgan erkak qamaldi

Kecha, 7 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida MJtK 41-1-moddasining 1-qismi bilan A.S.ga oid maʼmuriy ish materiallari ko‘rib chiqildi.

 

Aniqlanishicha, A.S. 2024 yil sentyabr oyida Farg‘ona shahar S.Temur ko‘chasida joylashgan futbol maktabida o‘zi bilan birga ishlovchi maktab direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari F.O‘.ga turli behayo gaplar aytib, shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni bir necha marta qo‘pol ravishda sodir etgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi A.S. MJtKning 41-1-moddasining 1-qismi bilan aybli deb topildi va shu modda bilan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика